"Bunyodkor" bosh murabbiyi 9, 10 va 11-sinf o'quvchilarini qaydnomaga kiritdi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 17:29
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich jamoaga kelganidan keyin jamoani xavfli zonadan olib chiqib ketdi.

"Bugun qanday natija qayd etmasin, o'z uslubida qoldi. O'yin qaydnomasiga qo'rqmasdan, 9-sinf bolasini qo'ydi! Qoyilmisan Karl? Bugun SUPERLIGAda 9-sinf bolasi maydonga tushishi mumikn, 2007 yil tug'ilgan 104-raqamli Azizbek To'lqinbekov tayanch yarim himoyachi ampluasida o'ynaydi.

Undan tashqari zaxirada62-raqamli Abdulloh Omonaliev (2005), 30-raqam ostida Ollobergan Karimov (2006) bor. Ollobergan o'tgan turda Farruh Ikromovning goliga pas bergandi. 

Bizda hech bo'lmasa U-21 ligamizda mana shunday qo'rqmas murabbiylar bo'lganidami... Talantlar diyori – bu O'zbekiston!", – deydi Nodirxo'ja Yuldashev telegramdagi sahifasida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia