"Bunyodkor" BATEning ikki futbolchisini ijaraga oldi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2023, 20:20
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Bunyodkor" klubi Belarusning BATE klubi futbolchilarini ijaraga oldi.

"Qaldirg'ochlar" Aleksey Nosko va Viktor Sotnikovni mavsum so'ngiga qadar ijaraga oldi.

Eslatib o'tamiz, Sotnikov BATEga 2022 yilning yozida kelgandi. Yarim yildan kamroq vaqt ichida u 11 ta rasmiy o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi hamda "sariq-ko'klar" bilan birgalikda chempionatda bronza medallarini qo'lga kiritdi. Nosko esa o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Qozog'istonning "Maktaaral" klubida o'tkazdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia