Bundesliga. "Augsburg" - "Ayntraxt" o'yinida durang, "Borussiya Dortmund" beshta gol urilgan o'yinda g'alaba qozondi, "Bayer" durang o'ynadi

Alisher Ostonov
21 apr 2025
Bundesliga 30-tur doirasidagi bir qator o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Augsburg" va "Ayntraxt" o'rtasidagi o'yin nursiz durang bilan yakunlandi.




Beshta gol urilgan o'yinda Dortmudning "Borussiya" jamoasi Myonxengladbaxning "Borussiya"sini mag'lub etdi. Mezbonlarning to'rt daqiqa ichida uchta gol urishganini qayd etish lozim (Girassi, Nmecha, Svensson - gol mualliflari). Raqib ushbu gollarga Itakura va Shtogerning to'plari bilan javob qaytardi.




Patrik Shik 32-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, 78-daqiqada Karlo Buxalfa tomonidan kiritilgan gol mezbonlarni mag'lubiyatdan asrab qoldi.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia