Bugaloni “Paxtakor”ga jo'natib yuborgan OKMKning yangi darvozabonlar murabbiyi ma'lum

Khoja
5 yanv 2024, 16:56
Xabaringiz bor, OKMKda ancha yillar davomida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelgan Pavel Bugalo yangi mavsumdan “Paxtakor”da ishlaydi.

Olmaliq jamoasi yangi mavsum uchun o'ziga yangi darvozabonlar murabbiyini topdi. Endilikda OKMKning darvozabonlariga O'zbekiston terma jamoasi va “Bunyodkor” sobiq darvozaboni Murod Zuhurov javob beradi. Zuhurov jamoada yaqin orada ish bolashi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Murod Zuhurov OKMKda qadar “Bunyodkor” jamoasining darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia