

"Men Italiya termasini boshqarish qiziqaman. Maydondagi sobiq jamoadoshlarimni B Seriyada murabbiy sifatida ko'rganimda ichimdan g'alati tuyg'ular o'tadi – de Rossi, Grosso, Inzagi... Men esa hali ham o'ynayapman", – dedi 44 yoshli Buffon.
Buffon joriy mavsum B Seriyada "Parma" uchun 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol o'tkazib yubordi. Janluiji beshta jahon chempionatida qatnashgan (1998, 2002, 2006, 2010, 2014). 2006 yilda ushbu turnir g'olibi bo'lgan, shuningdek, u eng yaxshi darvozabon deb tan olingan. Bundan tashqari, Buffon to'rtta Yevropa chempionati (2004, 2008, 2012, 2016), ikkita Konfederatsiyalar Kubogi (2009, 2013) va 1996 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.



