"Budyo Glimt" YCHLda g'alati rekord o'rnatdi

Administrator
18 mar 2026
Budyo Glimt - Chempionlar ligasi tarixida ketma-ket oltita o'yinni bir xil tarkib bilan boshlagan birinchi jamoa.

Budyo Glimt Chempionlar ligasi tarixida ketma-ket olti o'yinda asosiy tarkibni o'zgartirmagan ilk klubga aylandi. Ayni paytda Norvegiya jamoasi 1/8 finalning birinchi o'yinida Sportingni 3:0 hisobida mag'lub etib, chorak final yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Javob uchrashuvi ayni daqiqalarda bo'lib o'tmoqda. Unda hisoba hozircha 4:0.

Avvalroq, Budyo Glimt umumiy bosqich o'yinlarida Manchester Sitini 3:1 va Madridning Atletikosini 2:1 hisobida enggan edi. Pley-offda esa Norvegiya klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra Interdan 5:2 hisobida ustun keldi.

Takidlash joizki, tarkibdagi 11 nafar futbolchidan 9 nafari norvegiyalik, jamoa darvozaboni esa rossiyalik Nikita Xaykindir.


Turnirning bu galgi finali Budapeshtdagi Pushkash Arena stadionida bo'lib o'tadi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia