Bruney Rossiyaga qarshi o'yinga ikkinchi jamoasini yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2024, 19:10
Bruney futbol assotsiatsiyasida Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun birinchi jamoa yuborilmasligini ma'lum qilishdi.

"Biz Rossiyaga ikkinchi jamoani yuboramiz. Asosiy termaning ko'plab a'zolari bu bellashuvga yetib kela olmaydi. Sababi ular dam olayotgan bo'ladi. Buning uchun futbolchilarda faqat bitta "oyna" mavjud - noyabr oyidagi uch hafta, chunki mavsumoldi yig'inlar dekabrda boshlanadi. Ikkinchi jamoaning ko'plab a'zolari MS ABDB klubidan. Ushbu jamoa Bruney Qirolligi qurolli kuchlariga bo'ysunadi. Shunga qaramay, ularning armiyaga aloqasi yo'q, ular jangchi emas, sportchi.

Deyarli barcha futbolchilar professional emas. Ularning boshqa asosiy ishi bor va soat 16:30 keyingina o'z klubi safida mashg'ulotlarda qatnashadi. Bugungi kunda Rossiyaga yo'l oladigan futbolchilar ro'yxati tuzib chiqilmoqda. Shanba kuni RFSga yo'l oladigan futbolchilar uchun dedlayn", - deyiladi xabarda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru