Breaking news: "Nasaf" legioneri jamoadan ketdi

13 iyun 2018, 22:44
"Nasaf" sharafini yarim mavsum himoya qilgan serbiyalik o'ng qanot himoyachisi Slavko Lukich rasman jamoa bilan xayrlashgan.

Bu haqda saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov ma'lum qildi.

Slavko Lukich va "Nasaf" o'rtasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilingan. Slavko Lukich jamoani erkin agent sifatida tark etdi. Bu ma'lumotni Lukichning o'zi saytimiz xodimi Shahboz Beg'amovga ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Slavko Lukichga Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasidan ham qiziqish bo'layotgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, "So'g'diyona" ustozi Sergey Lushan ham Lukichni jamoasi tarkibida ko'rishni istayotganini tasdiqlab, futbolchi bilan muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgandi.


Manba: championat.asia