

Ushbu transfer narxi 30 million funt sterling bo'lishi kutilmoqda. Bu transfer "chag'alak" tarixida eng qimmati bo'ladi. Bungacha klub rekordi himoyachi Adam Uebsterga tegishli (20 mln) edi. Pedro yozda "Brayton" safiga borib qo'shiladi.
Chempionshipning bu mavsumida 35 o'yinda braziliyalik 11 ta gol urib, 4 ta golli uzatma etkazib berdi.


