"Borussiya D" o'rtoqlik o'yinida raqib darvozasiga javobsiz 10ta gol urdi

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2019, 22:40
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Dortmundning Borussiya klubi Germaniyaning quyi divizionlaridan birida harakat qiluvchi Shvaynberg jamoasiga qarshi to'qnash keldi va raqiblari ustidan yirik 10:0 hisobida zafar quchishdi.

Bahsda arilar yarim himoyachisi Maksimilian Filipp poker qayd etgan bo'lsa. 19 yoshli Tobias Rashl o'z hisobiga dubl yozib qo'ydi. Shuningdek, Marius Volf, Emre Aydinel, Mateu Morey va Shinji Kagavalar o'yin davomida bittadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

TAS-IX emas



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia