Bolgariya afsonasi 63 yoshida vafot etdi

Sherzod Nurmatov
1 apr 2026
Bolgariya milliy televideniesining xabar berishicha, mamlakat terma jamoasining sobiq sardori va darvozaboni Borislav Mixaylov 63 yoshida hayotdan ko'z yumgan.

U 2025 yil noyabr oyida insultdan so'ng kasalxonaga yotqizilgandi.

Mixaylov 1983 yildan 1996 yilgacha milliy terma jamoada o'ynagan. Bu vaqt ichida 102 o'yinda maydonga tushib, 1986 va 1994 yilgi Jahon chempionatlarida, shuningdek, 1996 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Klub darajasida u "Levski", "Belenensesh", "Myuluz", "Botev", "Reding", "Slaviya" va "Cyurix" jamoalarida harakat qilgan.

2005 yildan 2019 yilgacha va 2021 yildan 2023 yilgacha Bolgariya futbol ittifoqi rahbari lavozimida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BNT