

"Ajdarlar" tarkibini bir qator mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirish barobarida sobiq futbolchilarini ham ortga qaytarmoqda. Sharof Muhitdinov jamoa bilan birga mashg'ulotlarda qatnashmoqda va nazorat o'yinlarida maydonga tushmoqda. Yana bir ma'lumot, Bobir Abdixoliqov ham "Nasaf"ga o'tishga yaqin turibdi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov Ro'ziqul Berdiev bilan bog'landi va bu borada fikr oldi.
- Yig'inda qatnashayotgan Sharof Muhitdinov "Nasaf"da qoladimi?
- Sharof masalasida shuni aytishim mumkinki, "Nasaf"da o'ynash ishtiyoqi borligini ma'lum qildi va biz buni mamnuniyat bilan qabul qildik. Sharof talablarimizni yaxshi biladi. Universal futbolchi, deya olaman. Bir nechta poziciyada o'ynay oladi. Bunday tipdagi futbolchilar bizga ham zarur. O'ylaymanki, mavsum davomida Sharof biz bilan birga bo'ladi.
- "Nasaf" yana bir sobiq futbolchisi Bobir Abdixoliqovni ortga qaytarishi mumkinligi haqida xabar chiqdi...
- Rejamizda. Aniq bo'lgach batafsil ma'lumot beramiz. Darajamizni yuqoriga olib chiqdik. Endi yanada yuqoriga qarab yurishni istaymiz.
Ro'ziqul Berdiev bilan batafsil intervyuni tez orada e'tiboringizga havola qilamiz.



