

"Rux" yoshlar jamoasiga "Zarya" raqiblik qilgan o'yinni hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda boshladi va ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ukrainadagi faoliyatida ilk golini urib olgan hamyurtimiz jamoasining to'rtinchi goliga hammuallif ham bo'ldi.
Ayni damda "Rux"ning 21 yoshgacha bo'lgan jamoasi turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "Shaxtyor"dan 8 ochko ortda qolmoqda.



