

Gochkuli Gochkuliev "Paxtakor" (2002, 2003, 2004, 2005) hamda "Bunyodkor" (2008, 2009, 2010) jamoalari bilan chempionlikni qo'lga kiritgan.
Gochkuliev O'zbekiston chempionatida ikkita jamoa sharafini himoya qilib har ikkalasi bilan "cho'qqi"ga chiqqan yagona legioner futbolchi bo'lib turibdi.
Uning bu natijasini takrorlashga Kaxi Maxaradze juda yaqin turibdi. "Lokomotiv" ushbu mavsumda chempionlikni qo'lga kiritsa, unda Maxaradze ham ikkita jamoa bilan oliy ligada chempionga aylangan futbolchi bo'ladi.
