Beyl: "Golf bo'yicha jamoamda mendan zo'ri yo'q"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2021
"Real Madrid" vingeri Garet Beyl o'zining sevimli mashg'uloti hisoblangan golf haqida gapirdi.

"Real Madrid"da faqat ikki kishi golf o'ynaydi, shuning uchun, shubhasiz, men bu borada jamoada eng yaxshisiman. Ikkinchi futbolchi Tibo Kurtua, lekin u mendan yaxshiroq o'ynamaydi. Agar menda imkoniyat bo'lsa va yaqinda turnir o'tkazilsa, uni kuzatib boraman. Menga atmosfera, tomoshabinlar, yaxshi ob-havo va ishtirokchilarning o'yini yoqadi. Ularning bosim ostidagi bahslarda o'zini qanday tutishi aql bovar qilmas darajada. Futbol bu borada boshqacha, unda chunki bosimdan tashqari hakam ham bor. Golf esa ko'proq psixologik o'yin. Men u yerda 80 minglik stadiondan ko'ra ko'proq bosimni his qilaman", - deydi Beyl.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca