Bernardeski AQSHdan Italiyaga qaytdi

Alisher Ostonov
20 iyul 2025
Hujumchi Federiko Bernardeski "Bolonya" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

31 yoshli italiyalik bilan kelishuv muddati ma'lum qilinmagan. Futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo'shildi.

Bernardeski 2022 yilning yozidan beri "Toronto"da o'ynamoqda. Hujumchi Kanada klubi safida jami 99 ta o'yin o'tkazib, 26 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: bolognafc.it