

Karim Benzema finalda “Al Hilol” darvozasini ishg'ol etishga erishdi. E'tiborlisi, u musobaqa uchun yo'l olgan futbolchilar ro'yxatida emasdi, ammo hal qiluvchi bahs Anchelotti unga imkon berishga qaror qildi.
Shu tariqa, Benzema madridliklar safidagi titullarini 31 taga etkazib oldi va bu borada klub rekordchisi bo'lgan sobiq jamoadoshi Marselo bilan tenglashdi. 35 yoshli futbolchi 2009 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.



