Ben-Arfa - murabbiyga: "Siz juda baland baqiryapsiz, o'ynashga imkon bering"

Aslanov Jasurbek
13 fev 2017, 17:12
PSJ yarim himoyachisi Atem Ben-Arfa jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri yordamchisi Xuan Karlos Karsedoning so'zlariga javob qaytardi.

"Bordo"ga qarshi Fransiya chempionatining 25-tur uchrashuvidan (3:0) so'ng, mutaxassis tribunaosti tunelida futbolchiga murojaat qilmoqchi bo'ldi, ammo u murabbiydan baqirishni bas qilishni so'radi.

"Siz juda baland baqiryapsiz! O'ynashga imkon bering" - deydi Ben-Arfa.

"Bordo"ga qarshi bahsda Ben-Arfa 72-daqiqada maydonga tushdi, ammo gol urishga muvaffaq bo'lmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com