

AQSHda futbol mavsumi boshlandi. Ko'pchilikning e'tibori yangi, "Inter Mayami" klubiga qaratilgan. Klub xo'jayini Devid Bekxemdir.
Jamoa ilk turda "Los-Anjeles" bilan o'ynadi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Yagona golni o'tgan mavsum to'purari Karlos Vela urdi.
"Inter" oldinroq yulduz futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazgan edi, ammo hozircha nomdor o'yinchilar jamoada yo'q. Mayami jamoasi keyingi o'yinni "Di-Si Yunayted"ga qarshi o'tkazadi.






