"Bavariya"ning goli to'g'ri hisoblandi: VAR nima sababdan aralashmadi?

Aslanov Jasurbek
8 apr 2026
Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi "Real" - "Bavariya" uchrashuvida mehmonlar tomonidan kiritilgan gol atrofidagi bahslarga nuqta qo'yildi.

Takroriy lavhalar va mutaxassislar tahliliga ko'ra, to'p francuz futbolchisining tirsagiga tekkan bo'lsa-da, bu vaziyatda qoida buzilmagan. Gol quyidagi sabablarga ko'ra to'g'ri hisoblandi:

👉 To'p qo'lga tekkan vaqtda u tanaga yaqin va tabiiy holatda bo'lgan. Bunday vaziyatlarda hakamlar o'yinni davom ettirishni lozim topishadi.

📺 VAR tizimi bunday holatlarda faqat qo'l bilan o'ynash qasddan amalga oshirilgan yoki jazolanishi shart bo'lgan (qo'l tanadan uzoqlashgan) vaziyatdagina hakam qarorini o'zgartirishi mumkin edi.

Shunday qilib, hakamlarning qarori to'liq asosli deb topildi va "Bavariya"ning goli o'z kuchida qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Archivo VAR