"Bavariya" himoyachisi yana jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
"Bavariya" Germaniya Bundesligasining 23-tur o'yinida "Ayntraxt"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi, Harri Keyn esa navbatdagi dublini rasmiylashtirdi.

Biroq bu o'yin Myunxen grandi uchun noxushliksiz o'tmadi: ikkinchi taym boshida "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis navbatdagi jarohati sabab majburan maydonni tark etdi.

"Bavariya" tibbiy shtabining ma'lum qilishicha, kanadalik himoyachi o'ng tizzaosti payining mushak tolasini yirtib olgan va vaqtincha safdan chiqqan.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum 12 o'yin o'tkazib, 1 ta golli pasi bilan ajralib turdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com