"Barselona"ning 20 yoshli darvozaboni hammomda vafot etdi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2024
Ekvadorning "Barselona" klubi darvozaboni Jastin Kornexo yuvinish xonasida bosh qismi bilan erga qattiq yiqilishi oqibatida vafot etdi.

Ekvador klubi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 20 yoshli zaxira darvozabonining o'limi haqidagi bayonotni e'lon qildi. 

Kornexo kuchli zarb bilan erga yiqilgan va bosh qismi qattiq jarohat olib, hushidan ketgan. Hushsiz holatda topilgan bemor 48 soat davomida kasalxonada yotgan.

Ekvador klubi Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasidan (KONMEBOL) Sudamerikana kubogi doirasidagi "Braziliya Red Bull"ga qarshi saralash o'yinini boshqa muddatga qoldirishni so'radi, biroq federatsiya bu iltimosni rad etdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: barcelonasc.com.ec