"Barselona" yarim himoyachisi "Leyptsig"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2021
"Barselona" matbuot xizmati Ilaysh Moribaning "Leyptsig"ga o'tgani haqida xabar berdi.

Transfer summasi – 16 million evro (qo'shimcha 6 mln evro bonus sifatida).

Moriba "Leyptsig" bilan 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan kelishuv tuzdi.

Kataloniya klubi futbolchining keyingi sotuvidan 10% ulushga ega bo'ladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com