"Barselona" xavbeki Pyanich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Alisher
1 avg 2022, 14:10
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich tez orada Kataloniya klubidan kyetishi mumkin.

Futbolchiga "Yuventus", "Milan", "Napoli" va "Fiorentina" klublari qiziqish bildirmoqda.

Pyanich o'tgan mavsumni ijarada "Beshiktosh"da o'tkazdi va 26ta o'yinda 4ta assist qayd etdi.

Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt yarim himoyachini 11,5 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes