

"Barselona" ushbu o'yinda turnir jadvalida uchinchi o'rinda borayotgan "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida taslim etdi. E'tiborlisi, Lamin Yamal uchta gol urgan holda xet-trik qayd etdi.
Kataloniya jamoasi La Ligada 26 o'yindan so'ng 64 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda ketmoqda, undan keyingi o'rinda bitta kam bahs o'tkazgan "Real" 60 ochko bilan bormoqda. Uchinchi o'rindagi "Vilyarreal"ning ochkosi 51 tani tashkil etsa, bitta kam o'yin o'tkazgan "Atletiko" 48 ochko to'plagan.





