"Barselona" sobiq futbolchisi Qozog'istonning "Aktobe" klubiga o'tdi

Khoja
19 yanv 2026
"Barselona" va SSKA sobiq futbolchisi Miralem Pyanich 35 yoshida futbolga qaytadi va Qozog'iston Premer-ligasi klubi "Aktobe" bilan shartnoma imzolaydi,

Bu haqda jurnalist Ivan Karpov o'z Telegram-kanalida xabar berdi.

Shuningdek, "Aktobe" "Krasnodar" sobiq hujumchisi Fyodor Smolovni ham jamoaga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Pyanich bilan bir yillik shartnoma tuziladi va u Qozog'iston ligasi tarixidagi eng yuqori maoshlardan birini oladi. Avvalroq klub Tomas Myuller bilan ham kelishuvga yaqinlashgani xabar qilingandi, ammo 36 yoshli nemis futbolchisi Qozog'iston Premer-ligasi maydonlari sun'iy qoplamali ekanini bilib, qaroridan qaytgan.


KhojaMuallif
Manba: sports.kz