"Barselona" "Seul"ni "xokkeycha" hisobda mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2025
"Seul" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi ajoyib o'tdi.

Tomoshabinlar 10 ta gol urilganini ko'rdi. Ularning aksariyati, yani ettitasini maydondagi saviyasi raqiblaridan ancha yuqori bo'lgan kataloniyaliklarga tegishli.

Umumiy hisobda “Barselona” 7:3 hisobida g'alaba qozondi. Lamin Yamal va Ferran Torres dubl qayd etgan bo'lsa, Robert Levandovski, Andreas Kristensen va Gavi 1 tadan to'p kiritdi.

"Seul" – "Barselona" 3:7

Gollar: Cho Yon Uk, 26, Abu Rab, 45+1, Yung Xan Min, 85 – Levandovski, 8, Yamal, 14, 45+3, Kristensen, 55, Ferran, 74, 88, Gavi, 76




"Barselona" yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 16 avgust, shanba kuni o'tkazadi. Xans-Diter Flik shogirdlari shu kuni La Liganing 1-turida "Malorka" bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia