"Barselona" Reshfordni sotib olishga shubha bilan qaramoqda

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026
"Barselona" rahbariyati "Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshfordni sotib olish bo'yicha muhim qaror qabul qilish arafasida.

Angliyalik futbolchi hozirda kataloniyaliklar tomonidan ijaraga olingan va uning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

"Marca" jurnalisti Luis Roxoning so'zlariga ko'ra, sport direktori Deku angliyalik hujumchini sotib olish huquqini faollashtirishda ishonchi komil emas.

 hali ham  ishonchsiz. Rashfordning yuqori statusi va aniq potencialiga qaramay, uning o'yinlari doimo kutilgan natijalarga mos kelmagan.

Klub futbolchining barqaror bo'lmagan formasidan xavotirda va shoshilinch qarorlar qabul qilishdan qochmoqda. E'tiborga sazovor jixat shundaki, Markus "Barselona" safida 38 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca