"Barselona" - "Liverpul" uchrashuvida qanday mozayka namoyish etiladi?

Aslanov Jasurbek
29 apr 2019, 16:40
1 may kuni "Barselona" hamda "Liverpul" o'rtasida Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Kataloniya klubi rasmiy sayti "Kamp Nou"da bo'ladigan bahsda qanday mozayka namoyish etilishini ko'rsatdi. Mozaykada "Ready to color Europe" (Yevropani rang-barang qilishga tayyormiz) yozuvi aks ettiriladi. Ushbu mozaykani hosil qilish uchun o'rindiqlarga 90 mingta kartochkalar qo'yib chiqiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com