"Barselona" 7 futbolchisidan qutulmoqchi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2025
"Barselona" moliyaviy feyr-pley shartlarini bajarish uchun bir qator futbolchilarini sotib yuborishni reja qilmoqda.

Klub darvozabon Joan Garsiyani 25 mln evro evaziga sotib oldi va "Atletik"ning qimmatbaho futbolchisi Niko Uilyams bilan shartnoma imzolash arafasida.

Shu boisdan klub balansni buzmaslik uchun 7 futbolchisini ushbu transferlar oynasi vaqtida sotib yuborishi kerak bo'lmoqda. Bular: Mark-Andre ter Stegen, Inyaki Penya, Oriol Romeu, Andreas Kristensen, Pablo Torre, Ansu Fati, Pau Viktor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo