

Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamiz "Xirosima" klubining U-17 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda O'zbekiston 3:1 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning ilk turida Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etishgan edi. Ikkinchi turda jamoamiz Yaponiya o'smirlarini asosiy vaqtda mag'lub etishdi. Turnir reglamentiga ko'ra asosiy vaqtdagi g'alaba uchun 3, penaltilar seriyasidagi g'alaba uchun 2 ochko beriladi.
Shu tariqa, O'zbekiston U-19 yoshlar 8 ochko bilan musobaqada chempion bo'lishdi.
"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.
12 avgust. Xirosima, Yaponiya.
O'zbekiston - "Xirosima U17" 3:1
| # | Jamoa | G' | Pen-G' | Pen-M | M | T-N | Ochko |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | O'zbekiston U-19 | 2 | 1 | 0 | 0 | 6-3 | 8 |
| 2 | Polsha U-17 | 1 | 1 | 1 | 0 | 6-4 | 6 |
| 3 | Yaponiya U-16 | 1 | 0 | 0 | 2 | 2-3 | 3 |
| 4 | "Xirosima" U-17 | 0 | 0 | 1 | 2 | 3-7 | 1 |



