Bakari Sanya faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

26 yanv 2020, 11:11
Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Bakari Sanya hozir erkin agent maqomida bo'lib turibdi.

Uning so'nggi klubi Kanadaning "Monreal Impekt" maoasi bo'lgandi. Futbolchi Fransiyaga qaytib, "Nant" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

"Kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman. Albatta, "Nant" bilan aloqada bo'lib turibmiz. Bu vaziyatda qaror qabul qilishni agentimga qoldirdim. Baribir, o'ynashni xohlayman...", - dedi Sanya.

Eslatib o'tamiz, Bakari Sanya faoliyati davomida "Oser" (2004-2007), "Arsenal" (2007-2014), "Manchester Siti" (2012-2017) va "Benevento" (2018) klublarida ham to'p tepgan.


Manba: RMC