Bafetimbi Gomis o'yin paytida hushini yo'qotdi

Saudiya Arabistoni chempionati 26-turida "Al Axli" "Al Hilol" bilan to'qnashdi (2:1).

Uchrashuvning 13-daqiqasida "Al Hilol" hujumchisi Gomis burchak to'pini tepish jarayonida hushini yo'qotib, maydonga yiqildi. Tibbiy xodimlar darhol 35 yoshli fransiyalik futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatishdi.

[instagram]

  [/instagram]

Qiziqarli jihati, Gomis yana o'yinga qaytdi va uchrashuv oxiriga qadar o'ynadi. Bafetimbi "Al Hilol" safiga 2018 yilda "Galatasaroy"dan ko'chib o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" OCHLning joriy mavsumida "Paxtakor" bilan bir guruhdan o'rin egallagan. "Sherlar" 14 va 17 sentyabr kunlari "Al-Hilol"ga qarshi o'ynaydi. Har ikki Doha shahrida bo'lib o'tadi. 


Manba: twitter.com/alejomunevar

O'xshash yangiliklar