BAA/Qatar Superkubogi finali. Erkinov va "Al Vahda" Challenge Cup'ni qo'lga kiritdi

Alisher
19 yanv 2025, 23:20
BAA/Qatar Superkubogi finali doirasidagi "Al Vahda" - "Al Vakra" o'yini bo'lib o'tdi.

BAA/Qatar Superkubogi finali. Challenge Cup

"Al Nahyan Stedium", Abu Dabi


Ushbu musobaqada 4ta BAA, 4ta Qatar jamoasi ishtirok etdi. Unda 4ta final o'tkazilgan bo'lib jamoalar Challenge Shield, Super Shield, Challenge Cup va Super Cup uchun kurash olib borishdi.


"Al Vahda" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Hojimat Erkinov o'yinni to'liq o'tkazdi. Hamyurtimiz penaltilar seriyasida gol ura olmadi, ammo yakunda "Al Vahda" bu seriyada g'olib chiqdi.


"Al Vahda" - "Al Vakra" 1:1 (penaltilar seriyasi bo'yicha - 5:4)

Gollar: Omar Hribin (61) - Aissa Laduni (26).



AlisherMuallif
Manba: championat.asia