Azizjon G'aniev BAAda navbatdagi shaxsiy sovringa ega chiqdi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Shabab Al Ahli" klubi yarim himoyachisi Azizjon G'aniev kuni kecha navbatdagi individual sovrin yutdi.

Gap shundaki, BAA chempionatning 7-turida "Shabab Al Ahli" safarda "Ittihod Kalba" klubini 3:1 hisobida taslim qildi. O'sha o'yinda G'aniev bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgandi.

BAA pro ligasi vakillari 7-turning eng yaxshi futbolchisi sifatida aynan Azizjon G'anievni tan oldi va 8-turdan o'rin olgan "Shabab Al Ahli" - "Al Ayn" uchrashuvidan avval maxsus sovrinni topshirishdi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia