Azizbek Turg'unboev jarohati haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
12 mar 2025
O'zbekiston terma jamoasi va "Sivasspor" klubi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev termaning navbatdagi yig'iniga chaqirilmadi.

Championat.asia sayti bu masalada futbolchining o'zi bilan bog'landi.

Yarim himoyachining bizga ma'lum qilishicha, u ayni paytda jarohatini davolash bilan band va 10 kundan keyin mashg'ulotlarga qaytadi.

O'zbekiston terma jamoasi ustozi Qirg'iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlar uchun chaqirgan futbolchilar ro'yxatini ushbu havola orqali ko'rib chiqishingiz mumkin. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia