Azar: "Ronalduning gaplariga qo'shilmayman"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2024
Eden Azar Krishtianu Ronalduning Liga 1 haqidagi gaplariga qo'shilmaydi.

Oldinroq, portugaliyalik Saudiya Arabistoni chempionati Liga 1dan ustunroq ekanligini aytgan edi: "Fransiyada 2-3ta yaxshi jamoalar bor, bizdagi raqobat kuchliroq".


"Uning gaplariga qo'shilmayman, bu shunchaki uning fikri. Agar Saudiya Arabistoni chempionatiga qaraydigan bo'lsak, top futbolchilarni ko'rasiz, top jamoalarni emas.

Liga 1 jamoasi Saudiya Arabistoni klubiga qarshi o'ynasa, fransiyaliklar g'alaba qozonishiga ishonchim komil. Balki oson bo'lmas, ammo Fransiya chempionatining darajasi yuqoriroq. Ularning ligasini kuzatyapman, ularda iqtidorli futbolchila bor" - dedi Azar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror