Azar eng yaxshi jamoadoshlari kimlar bo'lganini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2024
Eden Azar o'zi birga o'ynagan eng yaxshi jamoadoshlari nomini aytdi.
"Real"da dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan to'p tepganman. Men uchun Luka Modrich va Karim Benzema ro'yxatning cho'qqisida turadi. Barcha ro'yxatlarning eng tepasida Kevin De Bryuyne, Frenk Lempard, Xuan Mata bor.

Bir nomni aytaman va uni Jon (Obi Mikel) yaxshi taniydi. Siz mendan iqtidorli futbolchini so'radingiz. Iqtidor jihatdan Kakuta men uchun er yuzidagi birinchi raqamli bo'lgan" - deydi Azar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail