A'zamov va Tursunov "Paxtakor" bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
7 dek 2023, 17:32
Markaziy himoyachilar Sherzod A'zamov va Dostonbek Tursunovning "Paxtakor" bilan shartnomasi yakuniga etdi.

Dostonbek Tursunov yakunlangan mavsumda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Bundan tashqari, 5 ta sariq kartochka va 1 ta qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. 

Sherzod A'zamov esa bu yil jarohati bois umuman maydonda ko'rinish bermadi.  

Eslatib o'tamiz, A'zamov "Paxtakor" bilan 5 ta, Tursunov esa 2 ta chempionlikka erishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia