"Ayntraxt" "Man Siti" uchun Marmushning narxini belgiladi

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2025
Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, Frankfurtning "Ayntraxt" klubi "Manchester Siti" shu oyning o'zidayoq 25 yoshli hujumchisi Omar Marmushni o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida xabar topgan.

Nemis klubi forvard uchun 80 million evro atrofidagi summa so'ramoqda, shu sababli ushbu narxdan ancha farq qiladigan takliflar ko'rib ham chiqilmaydi. 

E'tiborlisi, Marmush bilan shartnomada tovon puli bo'yicha band yo'q.

"Manchester Siti" va futbolchi agentlari ushbu transfer uchun 50-60 million evroni reallikka yaqin narx deb hisoblashmoqda. Hozircha klublar rasmiy muzokaralarga kirishganicha yo'q.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Флориан Плеттенберг