"Atletiko" portugaliyalik yangi yulduzni tanishtirdi

Alisher
8 iyul 2019, 17:21
Madridning "Atletiko" klubi Joau Feliksni keng ommaga tanishtirdi.

Portugaliyalik futbolchi madridliklar tarkibida 7-raqam ostida harakat qiladi. Qayd etish joizki, ushbu raqam hali jamoadan kyetishga ulgurmagan Antuan Grizmannga tegishli edi.

19 yoshli iqtidor egasi "Atletiko" klubiga 126 million evro evaziga o'tdi va eng qimmat portugaliyalik futbolchiga aylandi. 

Feliks 2018/19 yilgi mavsum "Benfika" safida 43ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 11ta assistga erishgan.

Joau Feliks: "Atletiko" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri"


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/atleti