"Atletiko" Kunyani ijaraga berib yubordi

Оқил Абдубарноев
25 dek 2022
Hujumchi Mateus Kunya "Atletiko"ni tark etib, Angliyaga yo'l oladi.

"Vulverxempton" 23 yoshli futbolchining transferini e'lon qildi.

Braziliyalik futbolchi mavsum oxirigacha ijaraga olingan va ma'lum shartlarga ko'ra to'g'ridan-to'g'ri ravishda sotib olinadi. Bunda u bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq Kunyaning transferi "bo'rilar"ga 40-50 million evroga tushishi xabar qilingandi.

Joriy mavsum hujumchi La Ligada 11 uchrashuvda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: wolves.co.uk