

"Atletiko" Leon Goretcka transferi ustida ishlamoqda.
Insayder Florian Plettenbergning xabar berishicha, madridliklar Goretckani erkin agent sifatida o'z saflariga qo'shib olishmoqchi. Bugun "Atletiko" va futbolchining vakillari Myunxenda muzokara o'tkazishdi.
Hozirda futbolchining atrofidagi vaziyat tushunarli: Goretcka yozda "Bavariya"ni tark etadi va faoliyatini chet elda davom ettiradi.
Ushbu mavsum Bundesligada Leon 18 ta o'yinda 1 gol urdi.



