"Atletik" "Al Nassr" futbolchisini ro'yxatdan o'tkazdi

Mirjalol Normatov
11 sen 2025, 22:57
LaLiga "Atletik" klubiga Aymerik Laportni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi.

Oldinroq bask klubi futbolchining transferini amalga oshirgani, biroq Saudiya Arabistoni klubidagilar tegishli hujjatlarni kechroq yuklagani uchun futbolchi LaLiga ro'yxatidan o'tkazilmagani ma'lum qilingandi.

Keyinchalik FIFA Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasiga xalqaro transferni amalga oshirishiga ruxsat berdi.

Shu orqali "Atletik" Laportni liga ro'yxatidan o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: athletic-club.eus