"Aston Villa" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026
"Aston Villa" "Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmushga qiziqish bildirmoqda.

Birmingem klubi uni qishdayoq sotib olishga harakat qilyapti. Oldinroq Marmush borasida "Tottenxem" "shaharliklar"ga taklif jo'natgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Misrlik futbolchi 2025 yil yanvarida 59 million evro evaziga "Siti" tarkibiga borib qo'shilgan va 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkandi.

Hozirga kelib, misrlik 26 yoshli forvard "Etihad" egalari uchun katta natijalar qayd eta olgani yo'q. U 40 o'yinda 9 gol va 4 assist qayd etdi. Ushbu mavsumda atigi 3 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal