Asqar Tolibjonov - 70 yoshda!

Narzulla Saydullayev
13 mar 2024
Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida taniqli futbol mutaxassisi, bir necha yillar davomida Terma jamoalar markaziga rahbarlik qilgan Asqar Tolibjonovning yubileyi munosabati tadbir bo'lib o'tdi.

Unda O'FA va MOQ rahbariyati, faxriylar, futbolchilar hamda mutasaddilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Asqar Tolibjonovning uzoq yillik faoliyati yodga olindi. Futbolimiz va terma jamoalarimizning rivojlanishiga qo'shgan hissasi etirof etildi. O'FA Faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqov futbol jamoatchiligi nomidan tabriklab, uzoq umr va sihat-salomatlik tiladi.

Tadbir yakunida minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg'alari topshirildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz