Aspas shartnomasini uzaytirdi

17 apr 2019, 20:05
“Selta” hujumchi Yago Aspas bilan shartnoma uzaytirilganligini rasman ma'lum qildi.

Klub rasmiy Tvitterining xabariga ko'ra, forvard bilan yangi kelishuv 2023 yilga qadar uzaytirildi.

31 yoshli futbolchi “Selta” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2006 yildan buyon asosiy jamoa safida to'p tepib kelmoqda. 2013 yilda ispaniyalik hujumchi “Liverpul”da, 2014/15 yilgi mavsumda esa “Sevilya”da ijara asosida to'p tepgan. 2015 yilning yozida u 5 million evro evaziga “Selta”ga qaytgandi.

Joriy mavsumda Aspas La Liganing 21 ta urashuvida 15 ta gol urib, to'rt marta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu ko'rsatkich bilan u “Selta”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.


Manba: "Сельта" ФК расмий сайти