Ashraf Xakimi "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Milanga yetib keldi

Alisher
30 iyun 2020, 15:53
So'nggi ikki mavsumni ijara asosida "Borussiya" (Dortmund)da o'tkazgan "Real" futbolchisi Ashraf Xakimi Milanga yetib keldi.

Kutilganidek 21 yoshli futbolchi bugun "Inter" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Oldinroq xabar berilganidek Ashrafning transferi "Inter"ga 40 million evroga tushadi.

Xakimi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.

21 yoshli himoyachining "Real" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/aledefelice24