Ashraf Hakimi: "PSJ o'z imkoniyatlaridan foydalana olgani yo'q"
Iskandarov Abdulaziz
2 may 2024
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi YCHL 1/2 final doirasida o'tkazilgan "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yindan so'ng mag'lubiyatga munosabatini bildirdi.
"Natija bizni qoniqtirmaydi. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olganimiz yo'q. Ayniqsa ikkinchi bo'limda. Murabbiy o'tgan hafta davomida biz bilan barcha narsa haqida gaplashdi. O'ylaymanki, uyda hammasi boshqacha bo'ladi",- deydi Hakimi.