Asadbek Rahimjonov: "Guvohi bo'ldingiz, hakamlar yo'q joydan penalti belgilashdi"

Оқил Абдубарноев
3 may 2025, 11:47
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Asadbek Rahimjonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alaba qozonishga harakat qildik. Nafaqat bugun, balki har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bugun nasib qilmagan ekan. 

Yo'q, mag'lubiyatimizga ehtiyotkorlikka berilish sabab deb o'ylamayman. Guvohi bo'ldingiz, hakamlar yo'q joydan penalti belgilashdi. O'zimiz ham bazi vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ydik. 

Mag'lubiyat keyingi ta’sir o'tkazmaydi. Jamoadagi ruhiyat mustahkam. Bunday holat futbolda uchrab turadi. Bugun g'alaba qozonsangiz, ertaga mag'lubiyatga uchrashingiz mumkin. Bu jihat bizga umuman ta’sir qilmaydi. Aksincha, bu bizga saboq bo'ladi", dedi 21 yoshli futbolchi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia